Burchak modulyatsiyasi

Burchak modulyatsiyasi ― modulyatsiyaning bir turi boʻlib, unda uzatiladigan signal ω chastotasi yoki φ ning boshlangʻich fazasini oʻzgartiradi, amplituda esa oʻzgarmay qoladi. Ushbu modulyatsiyani hosil qilishning bevosita va bilvosita usullari mavjud.

Burchak modulyatsiyasi oʻz navbatida chastotali va fazali modulyatsiya turlariga boʻlinadi[1]. Ushbu modulyatsiya turi garmonik tebranishning umumiy fazasi Ψ(t) = ωt + φ faza burchagining joriy qiymatini aniqlagani uchun ham shunday nomlangan.

  1. Кулешов 2008.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne